Barcha yangiliklar
Deputat va xalq muloqoti — muammolarga yechim, islohotlarga turtki
Gallery image 61502
Gallery image 61503
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
06 Okt 2025
10:06

Deputat va xalq muloqoti — muammolarga yechim, islohotlarga turtki

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Rahimqul Maxammadiyev 2025-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha o‘z saylovchilari oldida axborot berdi. Uchrashuv davomida deputat tuman Kengashi sessiyalarida muhokama qilingan masalalar, tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar, ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati hamda turli tashkilot va muassasalar rahbarlarining faoliyati natijalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, hisobot yig‘ilishida mahallalarda mavjud ijtimoiy muammolar, aholining murojaatlari va ularni hal etish yo‘llari keng muhokama qilindi. Deputat fuqarolarning taklif va fikrlarini diqqat bilan tinglab, kelgusida ularning yechimini topish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashini ta’kidladi.