Barcha yangiliklar
Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 61321
Gallery image 61322
Gallery image 61323
Gallery image 61324
Gallery image 61325
Gallery image 61326
Gallery image 61327
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
14 Okt 2025
12:27

Maktablar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining navbatdagi 18-sessiyasi kun tartibida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini, shu jumladan maktabgacha va maktab ta’limi tasarrufidagi binolar, sog‘liqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport obyektlarini kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish yuzasidan manzilli tadbirlarni belgilash hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari yuman Kengashi deputati Z.Esirgapova tomonidan Uyas va Nayman mahallalaridagi 44-45-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Deputat Zarifa Esirgapova tomonidan maktabda isitish tizimining holati, qozonxonalarni xavfsizlik talablariga javob berish holatlari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida qilingan ishlar, atrof-muhitning tozaligi boʻyicha oʻrganishlar olib borib, ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash yuzasidan maktab rahbariyatiga ko‘rsatmalar berdi.