Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 61312
Gallery image 61313
Gallery image 61314
Gallery image 61315
Gallery image 61316
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
14 Okt 2025
12:23

Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bekobod tuman kengashiga 18-Dalvarzin saylov okrugidan saylangan deputat Raximjonov Ulug'bek tomonidan Xonabod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔹Deputat mahalladagi maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishib, ayniqsa kuz-qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir zaxiralari, isitish tizimlari va ularning saqlanish holatini joyida ko‘zdan kechirdi.

🔹O‘rganishlar davomida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan ushbu obyektlarda zarur sharoitlar yaratish, energiya ta’minotini barqarorlashtirish va aholi salomatligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.