Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 61249
Gallery image 61250
Gallery image 61251
Gallery image 61252
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
13 Okt 2025
18:43

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 19-Ma’rifat saylov okrugiga saylangan deputat A.Mustafakulov mahalla hududini rivojlantirish, aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Deputat tomonidan “Ma’rifat” mahallasi hududi va ushbu hududda joylashgan tashkilot, korxonalar hamda ijtimoiy ob’ektlarning obodonchiligi, kuz-qish fasliga tayyorgarligi va boshqa holatlari o‘rganib chiqilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqish belgilandi.