Barcha yangiliklar
Tumandagi ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilmoqda
Gallery image 61203
Gallery image 61204
Gallery image 61205
Gallery image 61206
Gallery image 61207
KARIMOVA NARGIZA ABDUGAFAROVNA
13 Okt 2025
12:14

Tumandagi ta’lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilmoqda

✅Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 8-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat Xidirova Sadoqat Yunusaliyevna Do‘stlik mahallasida bo‘lib, 23-sonli maktabgacha talim muassasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi va mavjud shart-sharoitlarni o‘rgandi.

✅Do‘stlik MFY dagi 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim muasasasi 90 o‘ringa moslashgan bo‘lib xozirgi kunda 100 ta bola qamrab olingan. Sanitariya holati yaxshi. Kuz qish mavsumida gaz bilan isitiladi. Qishda xonalar yaxshi isimiydi, isitish tizimida birmuncha muammo mavjud bo‘lib qayta ko‘rib chiqish zarurligi aniqlandi. 

✅O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kelgusida qilinadigan ishlar to‘g‘risida kelishib olindi.