Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 60800
Gallery image 60801
Gallery image 60802
Gallery image 60803
Gallery image 60804
Gallery image 60805
Gallery image 60806
Gallery image 60807
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
09 Okt 2025
16:49

Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati B. Misratullayev tomonidan Buyuk Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Deputat mahalladagi maktab, maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) hamda oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishib, ayniqsa kuz-qish mavsumida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir zaxiralari, isitish tizimlari va ularning saqlanish holatini joyida ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar davomida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan ushbu obyektlarda zarur sharoitlar yaratish, energiya ta’minotini barqarorlashtirish va aholi salomatligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.