Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
Gallery image 60690
Gallery image 60691
Gallery image 60692
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
09 Okt 2025
14:53

XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputati D.Choriyeva “Muzrabot darvoza” MFY yettiligi va mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.