Barcha yangiliklar
Senat raisi Boyovutda
Gallery image 5647
Gallery image 5648
Gallery image 5649
Gallery image 5650
Gallery image 5651
Gallery image 5652
Gallery image 5653
Gallery image 5654
Gallery image 5655
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
18 Fev 2024
00:00

Senat raisi Boyovutda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva hududlarda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, aholi, xususan ayollar va yoshlarning sport bilan shug'ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda mahalliy Kengashlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Boyovut tumaniga tashrif buyurdi.

Tanzila Norboyeva tuman hokimi Dilfuza Uralova hamrohligida Boyovut tumani “Uchturgon” mahallasida joylashgan 1-sonli sport maktabida bo'ldi. Senat raisi sportchilarning shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sport bo‘limlarining faoliyati va mashg‘ulotlar jadvali bilan tanishish asnosida sportchi va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, tuman hokimligi majlislar zalida Prezidentimizning joriy yil 2-fevraldagi “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati, berilgan asosiy vazifalar ijrosi yuzasidan mahalliy deputatlar bilan ochiq, samimiy ruhda muloqot qildi.