Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish - dolzarb vazifa
Gallery image 60554
Gallery image 60555
Gallery image 60556
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
08 Okt 2025
17:38

Korrupsiyaga qarshi kurashish - dolzarb vazifa

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi huzuridagi Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat idoralarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi G.Sharipova tomonidan Bekobod shahar Muqimiy mahallasida joylashgan Toshkent viloyat Tibbiyot texnikumi talabalari uchun "Korrupsiyaga qarshi kurashish- dolzarb vazifa" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida mamlakatimizda qonun ustuvorligi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat xizmatlarida ochiqlik, shaffoflik yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarga qaramasdan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilayotgani va bu illat bilan kurashishda barcha fuqarolar birday mas’ul ekanliklari haqida so‘z yuritildi.