Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 60541
Gallery image 60542
Gallery image 60543
Gallery image 60544
Gallery image 60545
Gallery image 60546
Gallery image 60547
Gallery image 60548
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
08 Okt 2025
16:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani "A.Navoiy" mahallasidagi 3-maktabda “Qatag‘on qurbonlarini yod etib” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘tgan asr tarixidagi og‘ir sinovlar, millat fidoyilari hayoti va ularning ozodlik yo‘lidagi kurashlari haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Tadbirda tuman Kengashi deputati Karomat Karimova ham ishtirok etib, yoshlarning vatanparvarlik va tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalanishiga alohida e’tibor qaratdi.

Deputat tadbir doirasida 3-maktabga tashrif buyurib, ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi. Shuningdek, 6-maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatiga e’tibor qaratdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish, issiqlik tizimini yaxshilash, sinf xonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.