Barcha yangiliklar

















ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
08 Okt 2025
11:43
Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 3-oktabr kuni Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida shahar hokimining 2025-yil 1-oktabr holatiga “Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti, shahar hokimining o‘rinbosari A.Dadabayevning “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ijrosi ta’minlanishi holati yuzasidan hisoboti va Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i R.Sharipovning hisoboti eshitildi. Deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.