Barcha yangiliklar



ABRAXMATOV NAJMIDDIN ABDURAXMON O‘G‘LI
07 Okt 2025
10:06
Saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi deputati D.Shodmonov va tuman Kengashi deputati K.Shodmanovlar Qamashi tumani Boybo‘ri MFYdagi saylovchilari va mahalla faxriylari bilan suhbat va yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda yoshlar bandligi, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya kabi masalalar muhokama qilinib, aniq choralar belgilandi. Deputatlar saylovchilar tomonidan bildirilgan barcha murojaatlar nazoratga olinishini, natijalar yuzasidan aholiga muntazam axborot berilishini ta’kidlab o‘tdi.