Barcha yangiliklar
🔔  Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi
Gallery image 60278
Gallery image 60279
Gallery image 60280
Gallery image 60281
Gallery image 60282
Gallery image 60283
Gallery image 60284
Gallery image 60285
Gallery image 60286
Gallery image 60287
TURSUNQULOV FAYZIDIN NUSRATILLOYEVICH
28 Avg 2025
00:00

🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi

🔔 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 13-sessiyasi boʻlib oʻtdi

Sessiya kun tartibida 8 ta masala koʻrib chiqildi.

▪️ Boysun tumani mahalliy byudjetining 2025-yil II chorak ijrosi to‘g‘risida

▪️Boysun tumani byudjetining 2025-yil II chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida

▪️Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi "Boysun tumanining 2025 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VI-2-014-8-110-K/24-sonli qaroriga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida

▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi "Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida"gi PQ-133-sonli qarorining tumandagi ijrosi to‘g‘risida

▪️Tumandagi ayrim ko‘chalarning nomlarini tasdiqlash to‘g‘risida

▪️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-81-sonli Farmonining 11.6 bandiga asosan "master-reja"sini tasdiqlash to‘g‘risida

▪️"Boysun tumani hokimining 2025-yil 12-avgustdagi Normo‘minov Shuhrat Ashurovichni Boysun tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etish to‘g‘risida"gi 172-8-110-Q/25-sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risida

▪️Boysun tumani prokuraturasining 2025-yil 20-avgustdagi deputatni jinoiy javobgarlikka tortish va daxlsizlik huquqidan mahrum qilishga rozilik olish to‘g‘risidagi 222043/2025-14DU-sonli taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokama etilib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar eshitildi hamda qarorlar qabul qilindi.