Barcha yangiliklar
#Davra_suhbati
Gallery image 60141
Gallery image 60142
Gallery image 60143
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
03 Okt 2025
09:40

#Davra_suhbati

"Erta turmush va uning salbiy oqibatlari"

#Davra_suhbati

🗣 Bugun ta’lim muassasamizda Qiziltepa tuman Kengashi deputati Muqimova Madina Murodilloyevna bilan "Erta turmush va uning salbiy oqibatlari" mavzusida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi. Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan erta nikohning salbiy oqibatlari, yoshlar salomatligi, ta’lim-tarbiya va oilaviy hayotga tayyorgarlik haqida keng ma’lumotlar berildi.

👩‍🏫 Suhbat davomida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Ushbu tadbir qizlarimizga hayotiy muhim tanlovlarda to‘g‘ri yo‘l tanlashda foydali bo‘ldi.

📚 Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yosh avlod ongida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri qaror qabul qilish va mustaqil hayotga puxta tayyorgarlik g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.