Barcha yangiliklar
“YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!”
Gallery image 5587
Gallery image 5588
Gallery image 5589
Gallery image 5590
Gallery image 5591
Gallery image 5592
Gallery image 5593
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
16 Fev 2024
11:14

“YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!”

Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Davlat transport universitetida "Yangi O‘zbekiston yoshlari – birlashaylik” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda tuman hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman sektorlari rahbarlari, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari ishtirok etdilar. 

Yoshlar sayli ochilishida so‘z olgan Anvar Sayfutdinov, Mirobod yoshlariga mamlakatimizda ular uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida to‘xtaldi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan bugungi davlat siyosati zamirida yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik mujassam ekaniga e’tibor qaratgan tuman hokimi, mirobodlik yoshlar ham bu yuksak ishonch va imkoniyatlarga munosib bo‘lib, kelajakda xalqimiz, Vatanimiz manfaatlari hamda uning baxt-saodati yo‘lida bor kuch-g‘ayratlari, bilim va salohiyatlarini safarbar etishlariga tilak bildirdi. 

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari, estradamizning yorqin yulduzlari tomonidan yangrayotgan
kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.