Barcha yangiliklar
Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Gallery image 60116
Gallery image 60117
Gallery image 60118
Gallery image 60119
Gallery image 60120
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
30 Sen 2025
15:34

Navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Kuni kecha Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati T.Mirsidiqov, tuman prokurori S.Xusayinov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari Z.Zokirovlar boshchiligida “Xumson” MFY hududida sayyor qabul tashkil etildi.

🔹Yig‘ilish avvalida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot davom ettirilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlariga esa qonun doirasida batafsil tushintirishlar berildi. 

🔹Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholiga korrupsiyaga qarshi kurashish, toʻy-marosimlar va ma'rakalarni ixchamlashtirish, dabdabozlik va isrofgarchilikka chek qoʻyish boʻyicha targʻibot ishlari oʻtkazildi.