Barcha yangiliklar
Toyloq tumanidagi 21-maktabda bo'lib o'tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminova ishtirok etdi.
Gallery image 60044
Gallery image 60045
Gallery image 60046
Gallery image 60047
Gallery image 60048
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
02 Sen 2025
15:43

Toyloq tumanidagi 21-maktabda bo'lib o'tgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida 25-Yangi Toyloq saylov okrugidan saylangan deputat Matluba Aminova ishtirok etdi.

 2-sentabr bilimlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda tuman hokimi B. Raxmatullayev, Nuroniylar kengashi raisi M. To‘rayev, shuningdek, tuman Kengashi deputati M.Aminova, Charog‘bon mahallasi nuroniylari, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar yangi o‘quv yili arafasida o‘quvchi va ustozlarni qutlab, ularga mustahkam salomatlik, bilim va yutuqlar tiladilar. Ayniqsa, maktab ostonasini ilk bor hatlab kirayotgan birinchi sinf o‘quvchilariga alohida e’tibor qaratilib, ular uchun esdalik sovg‘alari topshirildi.

      Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari ostida yangi o‘quv yili boshlandi va sinflarga ilk mustaqillik darslari o‘tkazildi.