Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 59981
Gallery image 59982
Gallery image 59983
Gallery image 59984
Gallery image 59985
Gallery image 59986
Gallery image 59987
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
30 Sen 2025
17:22

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq Deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov o‘z tashabbusi bilan paxta terimida fidokorona mehnat qilayotgan terimchilar huzuriga bordi. 

Uchrashuv jarayonida deputat mehnatkash insonlarning yurt ravnaqi, iqtisodiy barqarorlik va xalq farovonligi yo‘lidagi xizmatlarini yuksak qadrlab, ularga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Dildan kechgan suhbat chog‘ida terimchilarga kuch-g‘ayrat, mustahkam salomatlik va oilaviy farovonlik tilandi. Shu bilan birga, ularning mehnatini qadrlash va rag‘batlantirish maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur uchrashuv terimchilar ruhini ko‘tarib, ularni yanada mas’uliyat bilan, shijoat va tashabbuskorlik bilan samarali mehnat qilishga undadi. Bu kabi e’tibor va ehtirom esa xalqimizning fidoyi mehnatkashlariga bo‘lgan hurmat va e’tiqodning yaqqol ifodasidir.