Barcha yangiliklar
Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda
Gallery image 59533
Gallery image 59534
Gallery image 59535
Gallery image 59536
Gallery image 59537
Gallery image 59538
DONABAYEV ELBEK ERKINBOY O‘G‘LI
26 Sen 2025
09:53

Deputat aholi muammolarini o‘rganmoqda

Yangiyer shahar xalq vakillari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga yechim topish ishlari izchil davom etmoqda. Shahar Kengashi deputati Qurbonboyeva Shoira Raxmatullayevna "Shukrona" mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot qildi, muammo va takliflarni tingladi.

Deputat Shoira Raxmatullayevna tashabbusi bilan aholi muammolari joyida o‘rganilib, ularga aniq yechim topish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa davlat va xalq vakillari o‘rtasidagi hamkorlik samarasi, islohotlar hayotga tatbiq etilayotganining yaqqol ifodasi bo‘lmoqda.