Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi I.Qarshiboev «GLASS BEST» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 59430
Gallery image 59431
Gallery image 59432
Gallery image 59433
Gallery image 59434
Gallery image 59435
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
25 Sen 2025
11:31

Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi I.Qarshiboev «GLASS BEST» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Joriy yilning 24-sentabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashi raisi, tuman hokimi I.Qarshiboev tuman prokurori Sh.Salimov bilan birgalikda hududdagi «GLASS BEST» xususiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Korxonada bugungi kunda turli o‘lchamdagi shlako blok hamda mebel ishlab chiqarilmoqda. Tashrif davomida Kengash raisi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot sifati va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Korxona faoliyatini kengaytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi. Yakunda tuman hokimi ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.