Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 59365
Gallery image 59366
Gallery image 59368
Gallery image 59369
Gallery image 59370
Gallery image 59367
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
24 Sen 2025
14:33

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo’yicha PQ-93-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Oqoltin tumani “Mustaqillik” mahallasida bo‘ldi. Mahallada joylashgan 15-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Deputat jarayonni o‘rganish davomida ishlarning sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi, shuningdek, bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mos bo‘lishi masalalariga alohida e’tibor qaratdi.