Barcha yangiliklar
Hududdagi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 59337
Gallery image 59338
Gallery image 59339
Gallery image 59340
Gallery image 59341
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
24 Sen 2025
12:36

Hududdagi maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Tashrif davomida deputat maktabdagi isitish tizimining holati, xususan, qozonxonalarni ko‘zdan kechirdi. Mazkur obyektlarda olib borilgan ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bilan tanishdi. Maktab ma’muriyati bilan suhbat davomida kuz-qish mavsumida o‘quvchilarning xavfsiz va qulay sharoitda ta’lim olishini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Jumladan, mazkur maktab qozonxonalari tekshirilish chog'ida faollar tomonidan tavsiyalar berildi. Bundan tashqari deputatning shu kunga qadar faoliyat natijalari faollar muxokamasiga qo’yildi, yechimi topilgan tashabbuslar haqida qisqacha to’xtaldi, kelajakda deputat faoliyatining asosiy yo’nalishlari kelishib olindi.

Kun davomida deputat mahalla yettilik vakillari hamda faollari bilan "Chig'atoy darvoza" MFY hududida qurilayotgan Qo‘rg‘ontepa tor, Farobiy, Farobiy tor ko‘chalarida turizm ko‘chasi tashkil etilayotgan hududda fuqarolar bilan uchrashildi, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.