Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi
Gallery image 59196
Gallery image 59197
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
23 Sen 2025
14:14

Deputat tashabbusi

Deputat tashabbusi

Farg‘ona tumani “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Akbarali kelajak zamini” fermer xo‘jaligi rahbari, Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ilxomjon Abduraxmonov tashabbusi bilan Mongoliya (Mo‘g‘uliston) davlatidan 200 bosh zotdor qo‘y olib kelindi.

Mazkur tashabbus nafaqat mahalliy chorvachilik sohasini rivojlantirish, balki aholi turmush darajasini yuksaltirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zotdor qo‘ylar mahalliy iqlim va sharoitga moslashtirilib, kelgusida sifatli go‘sht va sut mahsulotlari yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshirishga zamin yaratadi.

Shu bilan birga, mazkur amaliy ish mahallada yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, fermer xo‘jaliklari iqtisodiy salohiyatining mustahkamlanishiga va eng muhimi, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini barqaror qondirishga xizmat qiladi.

Bu tashabbus tumanda chorvachilik sohasiga yangi tajriba va innovatsiyalarni tatbiq etish yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam bo‘lib, o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti hamda xalq farovonligiga xizmat qiladi.