Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 59173
Gallery image 59174
Gallery image 59175
Gallery image 59176
Gallery image 59177
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
22 Sen 2025
00:00

DEPUTAT NAZORATI

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Soatov hamda Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyevlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-martdagi Sirdaryo viloyatini yanada rivojlantirish bo’yicha PQ-93-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida Oqoltin tumani “Ko‘rkam diyor” mahallasida bo‘ldi. Mahallada joylashgan 10-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, ushbu muassasada olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari jarayoni bilan tanishdi. 

Deputatlar jarayonni o‘rganish davomida ishlarning sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishi, shuningdek, bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlarning zamonaviy talablarga mos bo‘lishi masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.