Barcha yangiliklar
Deputat - mahalla nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 59064
Gallery image 59065
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 Sen 2025
00:00

Deputat - mahalla nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalqimizda azaldan nuroniylarga hurmat ko‘rsatish, ularni e’zozlash kabi ezgu an’analar mavjud. Chunki nuroniylar – el-yurtning duogo‘ylari, hayot maktabining sabr-toqatli ustozlaridir. Ularning hayotiy tajribalari, pand-nasihatlari, qilgan duolari jamiyatimizga baraka va fayz olib keladi.

Bugungi kunda yurtimizda nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ularni qadrlash – o‘zligimizni, tariximizni va ma’naviyatimizni qadrlashdir.

Jumladan, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Davronbek Rahmatullayev ishtirokida "Namuna" mahallasida istiqomat qilayotgan nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla faollari, oqsoqollar va nuroniy fuqarolar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, nuroniylar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar alohida e’tiborga olindi.