Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilar bilan uchrashdi
Gallery image 58989
Gallery image 58990
Gallery image 58991
Gallery image 58992
Gallery image 58993
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
19 Sen 2025
16:07

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

☄️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Xusainov Alisher Abduvahobovich “Bek-To‘pi” va “Al-Xorazmiy” MFYda saylovchilar bilan uchrashdi. 

✔️Deputat A.A. Xusainov o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan chuqur islohotlar, xususan, aholining turmush darajasini oshirish, bandlikni ta’minlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritdi. Yig'ilishda mahallardagi ko‘chalar ta’mirlanishi, yashil hududlar barpo etilishi, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham so‘z bordi. 

🛡Shu bilan birga, ayrim hududlarda hali ham yechimini kutayotgan masalalar, jumladan, chiqindi to‘plash tizimidagi kamchiliklar, ayrim ko‘chalarda yoritish chiroqlari yetishmasligi va bolalar maydonchalarini yangilash zarurati qayd etildi.