Barcha yangiliklar











ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
19 Sen 2025
12:01
"MENING BIRINChI KUTUBXONAM" LOYIHASI BOLALARNI ERTA YOShDAN KITOBXONLIKKA QIZIQTIRIShGA XIZMAT QILADI
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan Amudaryo tumanidagi 40-sonli MTTda "Mening birinchi kutubxonam" loyihasi amalga oshirildi.
Tadbir davomida muassasaga bolalar uchun sara adabiyotlardan iborat kitob javoni sovg‘a qilindi.
Tadbirda ota-onalar va tarbiyachilar uchun "Mahorat darslari" o‘tkazilib, bolalar uchun kitob tanlash va o‘qib berish bo‘yicha maslahatlar berildi. Tadbirda Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.