Barcha yangiliklar
#Seminar
Gallery image 58820
Gallery image 58821
Gallery image 58822
Gallery image 58823
Gallery image 58824
Gallery image 58825
Gallery image 58826
NEMATULLAYEVA MUKARRAM SUVATULLAYEVNA
17 Sen 2025
11:36

#Seminar

Bugun Olmaliq shahar 16 - umumta'lim maktabida viloyatimiz ta’lim muassasalari psixologlari uchun “O‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish va psixoemosional holatdagi muammolar hamda ularni oldini olish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda senator Gulnora Marupova hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov, Respublika tashxis markazi metodisti Zarina Bairbekova ishtirok etishdi.

Unda o‘quvchi shaxsiyatini shakllantirish, ularning psixoemosional holatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab psixologlari uchun sho‘balarda amaliy trening-mashg‘ulotlar ham tashkil etilib, unda psixologik xizmat ko‘rsatishning normativ hujjatlari bilan ishlash, psixolog faoliyatida diagnostik instrumentlar, korreksiya va korreksion metodlar kabi yo‘nalishlarda muhim tushuncha va tavsiyalar berildi.