Barcha yangiliklar
#Birinchi_qo'ng'iroq
Gallery image 58785
Gallery image 58786
Gallery image 58787
Gallery image 58788
Gallery image 58789
Gallery image 58790
Gallery image 58791
NEMATULLAYEVA MUKARRAM SUVATULLAYEVNA
02 Sen 2025
11:16

#Birinchi_qo'ng'iroq

Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. Shu jumladan, Olmaliq shahridagi  23 ta umumta’lim maktabida 26749 nafar o‘quvchi yangi o‘quv yilini boshladi. Joriy o‘quv yilida esa 2450 nafar bolajonlar ilk marotaba 1-sinfga qadam qo‘ydi.

An’anaga muvofiq, ta‘lim dargohlarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev va Olmaliq shahri hokimi Qobil Xamdamov Olmaliqdagi 21-umumta’lim maktabida bo‘lib, ustozlar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.

Shundan so‘ng maktabga ilk qadamini qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Ta’lim muassasalarida “Mustaqillik darslari” ham tashkil etillib, o‘quvchilarga mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi.