Barcha yangiliklar
Huquqiy ko‘mak davom etmoqda
Gallery image 58744
Gallery image 58745
Gallery image 58746
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
18 Sen 2025
10:26

Huquqiy ko‘mak davom etmoqda

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova tomonidan mahalla yettiligiga huquqiy ko‘mak doirasida shaharning “Birdamlik” va “Taraqqiyot” MFYdagi mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligiga huquqiy ko‘mak doirasida huquqiy tushintirishlar olib borish bilan birga aholi muammolari o‘rganildi. O‘rganishda “Birdamlik” MFY “Me’mor” berk ko‘chasida drenaj ishlamayotganligi, daryodan keladigan suv gaz quvurlari ustidan oqib yotishi oqibatida, gaz quvurlari zanglab yaroqsiz xolga kelishi mumkinligi, “Taraqqiyot” mahallasida “Taraqqiyot”, “Porloq”, “Bibixonim”, “Yoshlik” va “Nurafshon” ko‘chalarida 10 yil avval gaz ta’minoti uzilganligi, hozirda 78 ta xonadonda gaz ta’minoti yo‘qligi va suv ta’minotida ham tez-tez uzilishlar yuz berayotganligi aniqlandi va bu masalalarda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi bilan chiqish haqida kelishib olindi.