Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 58581
Gallery image 58582
Gallery image 58583
Gallery image 58584
Gallery image 58585
Gallery image 58586
Gallery image 58587
Gallery image 58588
Gallery image 58589
XALIMOV MIRZIYODJON MANSURJON O‘G‘LI
12 Sen 2025
08:30

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi o‘nbirinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, kun tartibidagi masalalargi aloqador davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya ishida quydagi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-sonli Farmoniga asosan ishlab chiqilgan drayver loyihalarning amalga oshirilishini qo‘llab quvatlash to‘g‘risida hamda Furqat tumanining 2025-yilda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va investisiya jozibadorligini oshirish dasturi doirasida loyixalarni istiqbolsiz deb topilgan loyixalar o‘rniga o‘rindoshini kiritish to‘g‘risida;

- Furqat tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ishlatilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Furqat tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- Furqat tumanida jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tashabbusli budjet bo‘yicha 2025-yil birinchi bosqich ijrosi yuzasidan hisobot va ikkinchi bosqich yakunlari to‘g‘risidagi masalalardan iborat bo‘ldi.

Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.