Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 58486
Gallery image 58487
Gallery image 58488
Gallery image 58489
Gallery image 58490
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
16 Sen 2025
00:00

Deputat tomonidan ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Tashrif davomida yerto‘lalardagi issiqlik tizimlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, yong‘in xavfsizligi va sanitariya holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.️ Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning kuz-qish mavsumida xavfsiz va qulay tarzda hayot kechirishlarini ta’minlashdan iborat. Shuningdek, aholi vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Deputat tomonidan holat yuzasidan muntazam nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.