Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 58367
Gallery image 58368
Gallery image 58369
Gallery image 58370
Gallery image 58371
Gallery image 58372
Gallery image 58373
Gallery image 58374
Gallery image 58375
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Sen 2025
16:02

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 19-U.Yusupov saylov okrugi deputati Gulsara Rizayeva o‘z saylov okrugiga qarashli “U.Yusupov” hamda “Mirishkor” mahallalarida o‘rganish va uchrashuvlar o‘tkazdi.

🔹 “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv:

“U.Yusupov” mahallasida yettilik a’zolari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan obodonchilik ishlari, aholining ijtimoiy muammolari hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mahalla faollari tomonidan ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

🔹 Xotin-qizlar tadbirkorligi:

Mahallada tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning faoliyati o‘rganilib, ularning qilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi. Deputat tomonidan ayollarning tashabbuskorligini rag‘batlantirish, yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarini hal qilish yuzasidan takliflar berildi.

🔹 29-maktabga tashrif:

Mahalladagi 29-maktabda bo‘lib, o‘quvchilarning dars davomati va ta’lim muassasasining sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi. Maktabda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yoshlarning sog‘lom muhitda bilim olishini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Fuqarolarga xizmat qilayotgan oshxona:

Kun yakunida deputat mahallada aholiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan oshxona (choyxona) faoliyati bilan ham tanishdi. Ushbu maskanning aholiga yaratayotgan qulayliklari, xizmat sifati hamda kelgusida faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.

Ushbu tashriflar davomida aholining turmush sharoitini yaxshilash, yoshlarning bilim va salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari deputat e’tiborida bo‘ldi.