Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 58229
Gallery image 58230
Gallery image 58231
Gallery image 58232
Gallery image 58233
Gallery image 58234
Gallery image 58235
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
15 Avg 2025
12:57

#jarayon

Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 4-iyunda o‘tkazilgan yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida umumta’lim maktablarida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari o‘rganilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulira’no Umarova hamda Oqqoʻrgʻon tumani Kengashi deputati (kotibiyat muduri) Alisher Qurbonov tumandagi 8- va 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lishdi.

Deputatlar o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, turli yo‘nalishlardagi to‘garaklar faoliyati hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarliklar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, yoshlarni yanada qiziqtirish, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.