Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 58212
Gallery image 58213
Gallery image 58214
ABDUG‘OPPOROVA DILZODA DILMUROD QIZI
15 Avg 2025
12:53

#jarayon

📌 “Dolzarb 90 kun” – Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish sari navbatdagi qadam

Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 4-iyundagi yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugungi monitoring manzili – Qibray tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sardorjon Avazov tashrif davomida maktabdagi mavjud shart-sharoitlar, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlarning tartibli hamda tizimli yo‘lga qo‘yilganini alohida e’tirof etdi.

Deputat yangi o‘quv yiliga tayyorgarliklar bo'yocha ham o‘rganar ekan, o‘quvchi-yoshlar faoliyatini yanada qiziqarli, mazmunli va samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalarini bildirdi.