Barcha yangiliklar
Хalq deputatlari o‘rtasida tajriba almashish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 57957
Gallery image 57958
Gallery image 57959
Gallery image 57960
Gallery image 57961
SHAMSIDDINOVA DILNOZA ILXOMOVNA
12 Sen 2025
16:41

Хalq deputatlari o‘rtasida tajriba almashish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tashabbusi bilan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida uchrashuv tadbiri tashkil etildi. Unda Navoiy viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlari Buxoro viloyati deputatlari bilan muloqot qildilar.

Mehmonlar Karmana tumaniga tashrif buyurib, bu yerda faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar bilan tanishdilar. Dastlab erkin iqtisodiy zonadagi “Benkam” zavodida ishlab chiqarish jarayonlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Navoiy IESda korxona faoliyati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Tadbir yakunida xalq deputatlari Karmana tumani Kengashida bo‘lib, mahalliy deputatlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va samarali tajriba almashdilar.