Barcha yangiliklar
#sessiya
Gallery image 57780
Gallery image 57782
Gallery image 57783
Gallery image 57784
Gallery image 57785
Gallery image 57786
Gallery image 57787
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
10 Sen 2025
09:24

#sessiya

#sessiya

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kengash raisi — Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari, shahar hokimining o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga bir qator dolzarb masalalar kiritildi. Jumladan:

Shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida qonuniylikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar prokurori o‘rinbosari A. Olimov hisobot berdi.

Jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish natijalari bo‘yicha g‘olib deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish masalasi yuzasidan Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Ergashev ma’ruza qildi.

Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hokim yordamchilarining faoliyati samaradorligi to‘g‘risida shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M. Xudaykulov ma’lumot berdi.

“Toshkent suv ta’minoti” AJ Nurafshon shahar bo‘limi rahbari M. Xoliqov amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi rahbari A. Marupov 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.

Sessiya yakunida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga mablag‘ ajratish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida ko‘rilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.