Barcha yangiliklar



ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
11 Sen 2025
15:22
Ijtimoiy muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati X.Ablukayumov va Bekobod shahar Jomiy MFY xotin-qizlar faoli O.Djulmatova mahalla hududidagi ijtimoiy ahvolni o‘rganish maqsadida nogiron farzandi bor fuqaro Nazarova Gulnoza xonadoniga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida G.Nazarovaning farzandi Nazarov Azizbekning holidan xabar olindi, yashash sharoitlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishildi. Bunday tashriflar orqali aholining ijtimoiy muammolarini joyida o‘rganish, ularga ko‘maklashish va mehr-muruvvat ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.