Barcha yangiliklar
“Xon-atlas oyligi” tadbiri o‘tkazildi
Gallery image 57727
Gallery image 57728
Gallery image 57729
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
11 Sen 2025
13:26

“Xon-atlas oyligi” tadbiri o‘tkazildi

Chilonzor tumanidagi “Bilim” axborot-kutubxona markazida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon tashabbusi bilan “Xon-atlas oyligi” tadbiri o‘tkazildi.

🍃Mazkur tadbirda milliy qadriyatlarimiz, boy merosimiz va o‘zbek xalqining an’anaviy turmush tarzida alohida o‘rin tutadigan milliy matolarimizning o‘ziga xosligi keng targ‘ib etildi. Yoshlar o‘rtasida milliy liboslarga muhabbat uyg‘otish, urf-odatlarimizni asrab-avaylash va avloddan-avlodga yetkazishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

🍃“Xon-atlas oyligi” doirasida o‘tgan tadbir barcha ishtirokchilarda yurtga sadoqat, milliy merosga hurmat va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.