Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 57512
Gallery image 57513
Gallery image 57514
Gallery image 57515
Gallery image 57516
Gallery image 57517
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
10 Sen 2025
12:00

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun, tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov “Navbahor” mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan 48- va 53-maktablarda o‘quv jarayonlari hamda o‘quvchilarning davomat holati o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 53-maktab o‘quvchilari:

  • Begimqulov Jasurbek (2013-yilda tug‘ilgan)
  • Begimqulov Botirjon (2014-yilda tug‘ilgan)

ularning onasi M.Nomurodova tomonidan joriy yilning 18-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olib ketilgani, hozirga qadar qaytarilmagani bois dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shu bilan birga, maktablarda o‘quv jarayonlarini tahliliy o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Deputat mahallada olib borilayotgan hamda olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mahalla yettiligi va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek, mahalladagi xonadonlarga tashrif buyurib, aholining muammo va takliflarini o‘rgandi.