Barcha yangiliklar
Оliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.
Gallery image 57479
Gallery image 57480
Gallery image 57481
Gallery image 57482
Gallery image 57483
Gallery image 57484
Gallery image 57485
Gallery image 57486
Gallery image 57487
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
05 Sen 2025
09:22

Оliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Bugun, 5-sentabr kuni, Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi.

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Кengash deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishdi.

Yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yalpi majlisda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining prokuratura organlarining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida.

Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda sohaga ilm-fan yutuqlarini joriy qilish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqida.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=7m-1mzUoBqY) tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.