Barcha yangiliklar



BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
23 Iyul 2025
15:06
DEPUTATLAR O'Z SAYLOVCHILARIGA AXBOROT BERDI
20 iyul kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari M.Yuldashova, N.Jabborovalar 2025-yilning 2-choragi davomida faoliyatlari yuzasidan saylovchilari oldida hisobot berdi.
Deputatlar o‘z saylov okrugida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot berdi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi haqida so‘z yuritdi.
Saylovchilar tomonidan berilgan savollarga deputatdar tomonidan javob berildi va kelgusidagi ishlar kelishib olindi.