Barcha yangiliklar







BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
09 Iyul 2025
14:23
Bog‘ichinor mahallasida “Jaholatga qarshi ma'rifat” g‘oyasi asosida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda viloyat kengashi deputati M. Yo‘ldosheva ishtirok etib, yoshlar, ayniqsa, qizlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, erta nikoh, ajrimlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir doirasida oila barqarorligini ta’minlash, erta nikohlar va erta yoshdagi tug‘ruqlarning oldini olish, qizlar tarbiyasi, xotin-qizlar jinoyatchiligi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, notinch oilalar bilan manzilli ishlash, milliy qadriyatlarni ommalashtirish kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Tadbir so‘nggida mahalla ma'muriyati tomonidan faol ayollarga tashakkurnomalar berildi.