Barcha yangiliklar





BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
28 Iyun 2025
14:06
#mukofot
Prezidentimizning tegishli farmoniga asosan yurtimiz ravnaqiga o‘zining mehnati, bilim va shijoati bilan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Ushbu Farmon bilan Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati, Samarqand shahridagi “Polyglot school” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Qudratov Shoxrux Odil oʻgʻli taqdirlandi.
Barcha deputatlar nomidan Shoxrux Odilovichni davlat mukofoti bilan muborakbod etamiz.