Barcha yangiliklar
Yangihayot tumanida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda “Adliya kuni” tadbirlari
Gallery image 57401
Gallery image 57402
Gallery image 57400
Gallery image 57403
Gallery image 57404
NISHANBEKOVA UMIDA ABDUJABBAROVNA
09 Sen 2025
11:50

Yangihayot tumanida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda “Adliya kuni” tadbirlari

 Yangihayot tumani 25-Yangi Gulzor okrugi deputati S.Vafaev mahalla faollari bilan birgalikda

“Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” dasturi doirasida tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda “Adliya
kuni” tadbirlari tashkil qilindi.Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, “Madat” NNT
boshlig‘i, tuman FXDYo bo‘limi rahbari qatnashishdi. Fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, qonun
ustuvorligini taʻminlash, barcha sohalarda norma ijodkorligi va huquqni
qoʻllash amaliyotini kuchaytirish hamda bu borada belgilangan vazifalar
ijrosini toʻliq taʼminlash borasida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan
murojaat qilishdi va ularga norma ijodkorligi faoliyati, huquqiy ishlar,
yuridik xizmatlar faoliyati, normativ huquqiy hujjatlarni eʻlon qilish va
manfaatdor shaxslar eʻtiboriga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.