Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylar uchun bazalt qoplamasi – mustahkamlik va zamonaviy dizayn
Gallery image 56990
Gallery image 56991
Gallery image 56992
Gallery image 56993
Gallery image 56994
SUYUNOV DOSTONBEK TURG‘UNBOY O‘G‘LI
18 Avg 2025
09:53

Ko‘p qavatli uylar uchun bazalt qoplamasi – mustahkamlik va zamonaviy dizayn

Ko‘p qavatli uylar uchun bazalt qoplamasi – mustahkamlik va zamonaviy dizayn

Gʻallaorol tumanida aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, ko‘p qavatli uy-joylar holatini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ularning fasad qismlarini ta’mirlash, muhandislik kommunikatsiyalarini yangilash, ko‘kalamzorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman markazida joylashgan Do‘stlik mahallasi hududidagi ikki qavatli va 5 ta to‘rt qavatli uylarning fasad qismlarini bazalt materiallari bilan qoplash, issiqlikni saqlovchi qoplamalar o‘rnatish, shuningdek, muhandislik kommunikatsiya tizimlarini yangilash orqali aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish ko‘zda tutilgan. 

Ko‘p qavatli uy fasadlarida bazalt qoplamasidan foydalanish nafaqat binoning tashqi ko‘rinishini zamonaviy hamda uni qo‘shimcha himoya qilib, energiya tejamkorligi va iqlim ta’sirlariga chidamliligini ham oshiradi.