Barcha yangiliklar
Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿
Gallery image 56848
Gallery image 56849
Gallery image 56850
Gallery image 56851
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
30 Avg 2025
12:46

Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

#tuhfa

Nurafshonda Mustaqillik bayrami arafasida yangi binoning ochilishi bo‘lib o‘tdi 🎉🇺🇿

Nurafshon shahrida yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida katta bayramona tadbir tashkil etildi. Ma’rifat mahallasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazildi.

Tadbirda Mahalla uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi rahbariyati, Xalq deputatlari, “Oqila ayollar” harakati vakillari, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar qatnashib, yangi binoning faoliyati va uning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Ochilish marosimi doirasida milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi, mahalla aholisi uchun qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus yurtimizda mahalla institutini mustahkamlash, aholining turmush tarzini yanada yaxshilash va yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.