Barcha yangiliklar
Deputatlar_faoliyati
Gallery image 56777
Gallery image 56778
Gallery image 56779
Gallery image 56780
Gallery image 56781
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
04 Sen 2025
09:55

Deputatlar_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Abdimo'minov “Bandixon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha sayyor yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.