Barcha yangiliklar
MUZRABOT TUMANIDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” VA “BILIMLAR KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Gallery image 56638
Gallery image 56639
Gallery image 56640
Gallery image 56641
Gallery image 56642
Gallery image 56643
Gallery image 56644
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
02 Sen 2025
17:43

MUZRABOT TUMANIDA “BIRINCHI QO‘NG‘IROQ” VA “BILIMLAR KUNI” TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Bugun, 2-sentyabr kuni, Respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari qatorida Muzrabot tumanida ham 2025—2026
o‘quv yilining boshlanishini ifodalovch i “Birinchi qo‘ng‘iroq” jarangladi.

“Bilimlar kuni” munosabati bilan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan tantanali tadbirlarida xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlari Musayev Lazizjon, Tangirov Tursunqul, Norqobilov G‘ayrat va Ramazonov Muzaffarlar ishtirok etishib, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbirlar davomida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yosh avlodning bilim olishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Bunda yangi o‘quv yiliga yuqori ruh va katta intizom bilan kirib kelish muhimligi ta’kidlandi. Maktablardagi tadbirlar so‘ngida
1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi.