Barcha yangiliklar
Tumandagi 4-sonli maktabda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda “Mustaqillik darsi” tadbirlari bo'lib o‘tdi
Gallery image 56616
Gallery image 56617
Gallery image 56618
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
02 Sen 2025
17:03

Tumandagi 4-sonli maktabda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” hamda “Mustaqillik darsi” tadbirlari bo'lib o‘tdi

Bugun, 2-sentabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tumanmizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Sherboyev Dilmurod ushbu tadbirda o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma’no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Tadbir davomida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi. Maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilindi.